Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yilga «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkam yili» nomini berish taklifi kiritilgan edi. Ushbu taklif asnosida yurt kelajagi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga e'tibor ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligida “ZOOM” orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan ushbu masala atroflicha muhokama qilindi. Unda viloyat hokim hokimligi vakillari, tuman va shahar hokimlari, o‘rinbosarlari hamda yoshlar masalasiga mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida viloyat hokimi hududda Yoshlar siyosati sohasida ya'ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta'lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda.
Ularga katta imtiyozlar taqdim etilib, imkoniyatlar berilayotganligi muhim jarayon ekanligini ta'kidlab, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida har qanday mutasaddining e'tiborsizlik va loqaydlikka yo‘l qo‘yishga haqqi yo‘qligi alohida ta'kidlandi.
Viloyatda 41 ming 417 nafar yigit-qiz «Yoshlar daftari»ga kiritilib, ularning 37 ming 493 nafarining bandligi ta'minlangan. Kredit, yer ajratish hisobiga daftardan chiqarildi. 3 ming 924 nafar yoshlarga ko‘mak berib, «Yoshlar daftari»dan chiqarish choralari ko‘rilishi lozim.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlashda Asaka, Izboskan, Oltinko‘l tumanlarida ijobiy holatni kuzatish mumkin. Biroq Andijon, Baliqchi, Shahrixon tumanlarida bu borada loqaydlik va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
Shuningdek, hududdagi 36 ming 488 nafar 11-sinf bitiruvchilaridan 7 ming 409 nafarining bandligi ta'minlangan. Bu masalada Paxtaobod, Bo‘ston, Ulug‘nor, Buloqboshi va Xonobod shahri mutasaddilari yetarli ish tashkil etmaganligi alohida ta'kidlandi.
Yig‘ilish yakunida bitiruvchilarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga kredit mablag‘lari ajratish borasidagi masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Manba: Аndijоn vilоyati hоkimligi