O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
2021-07-17 | Siyosat
Yevropa tashqi aloqalar xizmatining Markaziy Osiyo, Rossiya, Sharqiy hamkorlik, mintaqaviy aloqalar va YeXHT bo‘yicha direktori Mixael Zibert Toshkentda 15–16-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu yuqori darajadagi konferensiya bugungi kunda Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olsak, o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan tadbirdir.
Bu muloqot maydoni Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘llar bilan hal etish, ushbu mamlakatda barqaror tinchlikni ta’minlash bo‘yicha birinchidan, aniq takliflarni ishlab chiqish, ikkinchidan, afg‘on muammosini yechishga qaratilgan mintaqaviy va xalqaro miqyosda yagona yondashuvni shakllantirishga yordam beradi.
Yevropa Ittifoqi bu borada O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor.
Manba: O'zA