O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shayxontohur tumani mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

2021-07-15 | Xavfsizlik sohasi

Tantanali ochilish marosimida mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov ishtirok etib, mustaqillikning 30 yillik tantanalariga tuhfa bo‘ladigan ezgu ishga hissa qo‘shganlarni munosib taqdirladi.

Ko‘rkam bino va unda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib ko‘zingiz quvonadi, zamon bilan hamnafaslik mohiyatini his qilasiz. Inshoot eng so‘nggi rusumdagi axborot va kompyuter texnologiyalari, mebel jihozlari bilan ta’minlangan. Navbatchi xonasidagi radioaloqa, qo‘riqlash xizmati, yong‘in xavfsizligini nazorat qilish pulti, boshqarma navbatchisi bilan videoaloqadan tortib, kerakli hujjatlarni ishonchli saqlashga mo‘ljallangan arxiv xonasigacha hech bir jihat e’tibordan chetda qolmagan.

Fuqarolarga qulay bo‘lishi, shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sun’iy to‘siqlar hosil qilinmasligi uchun bo‘lim boshlig‘ining bevosita kuzatib turish imkoniyati ham mavjud. Maxfiylik tizimi va tezkorlikni ta’minlashda elektron tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ibratli bo‘lgan. Harbiy holat davrida shahar, tumandagi kuch tuzilmalari va qo‘shinlar bilan aloqa o‘rnatish va boshqarish maqsadida rahbariy hujjatlar talablari asosida boshqaruv guruhi xonasi barpo etilgan.

Xullas, fuqarolarni qabul qilish, ish yuritish, safarbarlik chaqiruvi rezervi bo‘linmasi, chaqiruv bo‘linmasi, safarbarlik, videoselektor, qalqon server, rezervchilar va harbiy xizmatga majburlarni hisobga olish bo‘linmasining askar va serjantlar, ofitserlar bilan ishlash xonasi kabi qator xonalarga bir-bir kirib tanishar ekansiz, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga otlangan yoshlar uchun qanchalar qulaylik yaratilganiga guvoh bo‘lasiz.

– Kelajakda Vatan himoyachisi bo‘lishni qat’iy va ezgu maqsadim, deb bilaman. Tuman mudofaa ishlari bo‘limi ko‘magida “Temurbeklar maktabi”ga hujjatlarimni tayyorladim. Bu yerda yaratilgan sharoitlar, xodimlarning muomala va munosabati armiyaga bo‘lgan qiziqishimni yanada oshirdi. Kelajakda ofitserlar qatoridan o‘rin olib, yurt osoyishtaligini saqlashga o‘z hissamni qo‘shaman, – deydi Ismoil Saidaliyev.

Manba: O'zA

Поделиться