O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari o‘rtasida memorandum imzolanadi

2021-07-15 | Siyosat

Toshkent xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston – Pokiston savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, ilmiy-texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik va uni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Komissiya tomonidan aloqador vazirlik va idoralar rahbarlariga kelgusi yillarda savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini doimiy oshirib borish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishga doir ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlash kerak, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, savdo va tranzit bo‘yicha ikki tomonlama hujjat imzolanadi.

– O‘zbekistonda investitsiyaviy sohaga qaratilgan hamkorlik bo‘yicha Pokiston tomonidan 160 nafar vakil ish olib bormoqda. Toshkent – Loxar o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani ham o‘zaro aloqalarning kengayishiga sabab bo‘ladi, – dedi Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud.

Yig‘ilishda tomonlar Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifining kun tartibini tashkiliy-texnik va mazmun jihatidan boyitish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasida, shu jumladan, ziyorat turizmini rivojlantirish zarur ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Pokiston Islom Respublikasi hukumatining hududlararo muvofiqlashtirish vazirligi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Yig‘ilish natijalari bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolanib, unda tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlar aks ettirildi. Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Manba: O'zA

Поделиться