O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston kompaniyasi Namanganda yirik loyihalarni moliyalashtiradi
2021-07-14 | Siyosat
Namangan viloyati hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov pokistonlik investorlar bilan ikkita yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Jumladan, “AKD Group” kompaniyasi va Namangan viloyat hokimligi o‘rtasida Namangan shahrida barpo etilayotgan “Smart City” loyihasini moliyalashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, joriy yil iyun oyida viloyat delegatsiyasining Lahor va Karachi shaharlariga safari davomida kelishilgan loyihalar bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi