O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gulnora Raximova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
2021-07-14 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi №PQ- 5181 sonli Qaroriga asosan Gulnora Xashimovna Raximova Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Raximova 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
G.Raximova o‘z mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘quv bo‘limi I toifali muhandisi lavozimida boshlagan.
2002-2014-yillarda Mirzo O‘lug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulьteti "Menedjment" kafedrasi katta o‘qituvchisi va "Mintaqaviy iqtisodiyot va menedjment" kafedrasi stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi, katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
2014-2017-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi "Davlat byudjetining g‘azna ijrosi" kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2017-2019-yillarda kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.
2019-2020-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi Davlat xaridlari departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, Gulnora Raximova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari - Davlat xaridlari departamenti direktori bo‘lgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi