O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi hujjatlar korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratishga xizmat qiladi

2021-07-13 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratamiz.

Joriy yilning 6-iyulida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF– son Prezident Farmoni qabul qilindi.
 
Farmonga muvofiq, “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri” yuritiladi.
 
Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
 
davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a'zoligiga kiritilishi;
ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.
2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
 
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma'lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 
2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.
 
Mansabdorning o‘z shaxsiy manfaati majburiyatlarini ob'ektiv va xolis bajarishiga ta'sir ko‘rsatuvchi yoki ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi.
 
Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
 
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
 
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;
Korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash;
“Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi;
“Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratamiz.
 
Joriy yilning 6-iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
 
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
 
2021-yil 1-oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
 
 2021-yil 1-oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
 
2021-yil 1-avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.
 
Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.
 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.
 
2021-yil 1-dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.
 
2021-yil 1-oktyabrgacha davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
 
2022-yil 1-yanvargacha avtomobil' yo‘llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.
 
2022-yil 1-yanvardan boshlab “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться