O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

2021-07-13 | Xavfsizlik sohasi

Namangan viloyat bojxona boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda Namangan viloyati bojxona boshqarmasining shaxsiy tarkibi, viloyat Adliya boshqarmasining mas'ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
 
Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I.Jalolov kun tartibidagi mavzu yuzasidan so‘zga chiqib, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
 
Shuningdek. boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i X.Turdiboev, viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari N.Yadigarova va Sh.To‘ramirzaevlar so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177 Qarori hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257 Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan yangi qabul qilingan Qarorga asosan:
 
2021-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi
50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi;
2021-yil 1-oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yuqoridagi Farmonga muvofiq:
 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri” yuritiladi;
2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Tadbir savol-javoblarga boy bo‘lib, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться