O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi Elchisi tayinlandi
2021-07-09 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori bilan Muxsinxuja Tursunxujayevich Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.
M.Abduraxmonov 1974-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Chikodagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.
2004-2008-yillarda Xokkaydo universitetida (Yaponiya) doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
2004-2006-yillarda “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” kompaniyasi menejeri bo‘lib ishlagan.
2006-2008-yillarda Xokkaydo universiteti professor assistenti.
2008-2018-yillarda “MTRUSTCo. Ltd” kompaniyasi (Yaponiya) bosh direktori lavozimida ishlagan.
2018-2021-yillarda – Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i.
2021-yildan to Elchi lavozimiga tayinlanguncha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Rus, tojik, ingliz, yapon, arab tillarini biladi.
Oilali. To‘rt nafar farzandi bor.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi