O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi

2021-07-02 | Jamiyat

Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda SERT International s.r.o. O‘zbekistondagi vakili Marat Xabibulin «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi barcha xodimlarni ulkan yutuq — ISO sertifikatini olgani bilan muborakbod etdi.  

 Marosimda ta’kidlandiki, mazkur sertifikat Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining korrupsiyaga qarshi standartlarga mos ekanligi hamda tashkilotda poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurash tizimi mavjudligi uchun berilgani, shuningdek, tashkilot mamlakat tashkilotlari ichida birinchi o‘ntalik reytingi ichida ushbu sertifikatga ega bo‘lgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, «O‘zbekiston MET» AJ korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani xalqaro tashkilot vakillari tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi.  

 Sertifikatni topshirish marosimda ishtirok etgan SERT International s.r.o.ning O‘zbekistondagi vakili Marat Ramilevich mazkur sertifikat berilishida tashkilot faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurash tizimi qay darajada ekanligi atroflicha o‘rganilib, xalqaro standart talablariga muvofiq tahlil qilingani, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ birinchi bo‘lib mazkur xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritganini alohida e’tirof edi. Uning fikricha, ushbu sertifikat tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari va tashkilotlari ichida yetakchi ekanligini anglatadi. Qolaversa, boshqa tashkilotlar ham, xoh u davlat tashkiloti bo‘lsin, xoh xususiy, bunday sertifikatsiyalash jarayonidan o‘tishi xalqaro tashkilot vakili tomonidan bildirildi.  

 Qisqa qilib aytganda, ushbu sertifikat Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.  

 Xo‘sh, sertifikatga loyiq deb topilish jarayoni qanday kechgan edi?  

 «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining birinchi bosqichi 2020-yilning birinchi yarmida amalga oshirildi. Bu paytda yuqori turuvchi tashkilotlar, Adliya vazirligi, keyinroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi. Jamoatchilik nazorati — mamlakatda rahbar xodimlarning javobgarligini oshirishga imkon yaratib bergani rost.  

 Aksiyadorlik jamiyatida ham yuqori tashkilotlarning tegishli tavsiya va ko‘rsatmalariga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tashkil etildi. Korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan vazifalar (vakolatlar) va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Xodimlarni bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlar asosida ishga olish va xodimlarni tanlov yo‘li bilan ishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun tashkilot faoliyatiga taalluqli ochiq ma’lumotlar uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga, shu bilan birga, tegishli tartibga ko‘ra, Hukumatning ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib borildi.  

 Jarayonning ikkinchi bosqichi 2021-yilning yanvar oyidan may oyigacha amalga oshirildi. «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» xalqaro standarti asosida jamiyatning 10 dan ziyod ichki hujjatlari tubdan yangilandi. Hujjat almashinish hamda ijro jarayonini nazorat qilish raqamli texnologiyalar yordamida shaffof shakl bosqichlariga o‘tkazildi.19:35Forwarded from Nasiba opa O‘zAFilial, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlarning yillik hisobotlari «Sarhisob» ruknlari orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borildi. Jamiyatda 2 ta qo‘shimcha: Yagona va Ishonch telefon raqamlari o‘rnatilib, murojaatlar qayd etilishi va tegishli tartibda murojaatlar yuzasidan hisobdorlik yuritish yo‘lga qo‘yildi.  

 Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishda va compliance tizimida xodimlar tomonidan qoidabuzarlikni xabar qilish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:  

 • Maxsus «ishonch telefoni» +998 71 -208-56-49 ajratildi;  

 • Alohida elektron pochta (biznesetika@uzbekistonmet.uz) ochildi va mas’ul xodim biriktirildi;  

 • Sovg‘alar va unga tenglashtirilgan qimmatbaho buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reyestri shakllantirildi.  

 Uchinchi navbatda, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi korrupsiyaviy shart-sharoitlarni minimallashtirish hisobiga korrupsiya huquqbuzarligi minimal darajaga tushirildi. Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o‘rtasidagi korrupsiya va uning oqibatlari to‘g‘risida seminarlar o‘tkazildi.  

 Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida «Murojaatlar» rukni orqali jamoatchilik vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Elektron sahifaga viloyat magistral elektr tarmoqlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, jumladan ularning rahbarlari, joylashgan manzili va telefon raqamlari joylashtirildi.  

 To‘rtinchi bosqich 2021-yilning iyun oyi davomida amalga oshirildi. Ya’ni, «SERT International” s.r.s. xalqaro tashkiloti tomonidan Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi ISO 37001:2016 «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha audit tekshiruvlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan audit natijasi ko‘ra ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikati berilgani qayd etildi.  

 Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyaga sabab bo‘layotgan holatlarni o‘rganish hamda jamiyatni bunday balodan qutqarish — keng jamoatchilikni, xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Binobarin, iqtisodiyotimizni yanada jadal yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Bu maqsad yo‘lida barchamiz birlashishimiz, hamjihat va hamfikr bo‘lishimiz, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini nafaqat qo‘llab-quvvatlashimiz, balki unda faol ishtirok etishimizni bugungi davrning o‘zi taqozo etayotganini unutmasligimiz lozim.  

 Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2021-yil fevral oyida ISO 9001 xalqaro standartining sifat menejmenti sertifikatiga ega bo‘lgan edi.  

Manba: O'zA

Поделиться