O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazmda 216 nafar bitiruvchi xorijiy ish beruvchilarning tanlovlariga jalb qilindi
2021-07-02 | Jamiyat
Urganch shahridagi qurilish kolleji qoshidagi qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash markazining 216 nafar bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali rahbariyati va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kasb-hunar va chet tillarini o‘rgatgan holda xorijga ishga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, markaz bitiruvchilari xorijiy ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida tashkil etilgan tanlovlarga jalb qilindi.
Manba: O'zA