O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSH Davlat kotibining yordamchisi O‘zbekiston-Amerika hamkorligini faollashtirishga sodiqligini tasdiqladi

2021-06-30 | Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda AQSH Davlat kotibi yordamchisi, Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi rahbari Liza Peterson  bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning inson huquqlari va demokratik erkinliklarni taʼminlash, jumladan, davlat boshqaruvining ochiqligi va hisobdorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini taʼminlash, so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari masalalari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha sharoitlarni yaxshilash borasidagi asosiy yutuqlari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonning majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish, shuningdek, diniy erkinliklarni taʼminlashdagi taraqqiyoti alohida muhokama qilindi.

Amerika diplomati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatni demokratlashtirish, jamiyatni erkinlashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni olqishladi. Shu bilan birga, byuro rahbari yana-da erkin jamiyat qurish va samarali davlat boshqaruvini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni davom ettirish muhimligini taʼkidladi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston-AQSH hamkorligini faollashtirishga sodiqligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 17-noyabr kuni  tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda AQSH Davlat kotibining yordamchisi, Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi rahbari Robert Destro bilan uchrashgan edi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться