O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biologiya fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestasiyasi natijalari

2021-06-29 | Fan

Mamlakatimizda innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni biologiyaning turli sohalarida qo‘llash hisobiga yuqori samarali biotexnologik tadqiqotlarni jahon talablari asosida rivojlantirish hamda olingan ilmiy natijalarni qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmatsevtika, atrof-muhit muhofazasi va boshqalarga tadbiq etish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

So‘nggi to‘rt yil davomida mazkur fan yo‘nalishida 254 nafar talabgor ilmiy darajalarda tasdiqlangan. Ushbu dissertasiya tadqiqotlari orqali, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan:
introduksiya, genotexnologiyaning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, g‘o‘zaning ingichka uzun tolali, o‘rta tezpishar, yuqori rentabelli navlari yaratilgan va ularga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patentlari olingan;
molekulyar-genetik yondoshuvlar asosida O‘zbekistonning qadimiy mahalliy yumshoq bug‘doy navlarining miqdoriy va qimmatllii xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan hamda zamburug‘larga, qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan navlar yaratilgan;
mahalliy o‘simliklardan ajratib olingan substasiyalar asosida gipoglikemik, antiaritmik, gepatoprotektor, o‘smalarga qarshi, antimikrob, antigipoksant, membrana mustahkamlovchi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan preparatlar yaratilib, ularning farmakologik, spesifik xossalarining molekulyar mexanizmlari, toksikologik xususiyatlari o‘rganilgan,
odam gepatit  virusi yuza antigeni va boshqa kasalliklarni, shuningdek, narkotik moddalar iste'mol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun  test-sistemalar ishlab chiqilgan;
molekulyar genetika asosida mieloproliferativ kasalliklarni erta tashhis qilish hamda uning giperkoagulyasiya sindromining asosiy genlari aniqlangan va klinik amaliyotga tadbiq etilgan;
biokimyoviy tekshiruvlar asosida buyrak transplantatining issiqlik karaxtini erta tashhislashda kislota - asos muvozanati o‘zgarishi, qon zardobida lipoperoksidlar miqdori ortishining ahamiyati isbotlangan va transplantasiya amaliyotiga joriy etilgan;
Orol degizini qurishi hisobiga flora va faunani, zooplanktonning o‘zgarib borishi, inson organizmiga salbiy ta'siri va ularni tiklash imkoniyatlari asoslangan;
O‘zbekiston hududi o‘simliklar qoplamining inson omili ta'sirida o‘zgarishi, hudud florasining turlar tarkibi aniqlangan va ma'lumotlar bazasini yaratilib, muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqilgan.
 
Biologiya fanlari bo‘yicha himoya qilingan dissertasiya ishlarining ilmiy natijalari amaliyotga joriy qilinishi bilan quyidagi ijtimoiy samaralarga erishilgan:
yaratilgan g‘o‘za va bug‘doy navlarining  hosildorligini oshirish va sifatli urug‘lar olish imkonini bergan;
molekulyar biologiya yo‘nalishidagi izlanishlar surunkali mieloproliferativ kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash va dori vositalari  tannarxini 26%ga qisqartirish imkonini bergan;
Xorijdan import qilinadigan diabet, jigar, yurak qon tomir tizimi, asab tizimi neyrodegenerativ kasalliklariga qarshi dori preparatlar o‘rnini bosadigan dori vositasini ishlab chiqarish imkoninin beradigan mahalliy o‘simliklardan olingan biologik faol moddalarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiro patentlari olingan.
 
 
Xususiy fermer ho‘jaliklari va davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida mahalliy va xorijiy farmasevtika bozorida xomashyosiga talab yuqori bo‘lgan ferula o‘simligi istiqbolli turlarining sanoat plantasiyalari yaratish uchun urug‘lik pitomniklarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan;
zamonaviy biotexnologiya asosida yaratilgan biopreparatlar respublikaning turli mintaqalarida g‘o‘za va bug‘doy maydonlari amaliyotiga joriy etilishi natijasida ularning hosildorligi, sifat va kasalliklarga chidamliligini oshirish imkonini bergan;
Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mahalliy bo‘limlari hududlarning o‘simliklar qoplami inson omili ta'sirida o‘zgarishi, fauna turlar tarkibiga oid ma'lumotlar bazasi amaliyotiga joriy qilinishi natijasida tuproq makrofaunasi tarkibining o‘zgarishini baholash orqali ularning ekologik omillar o‘zgaruvchanligini aniqlash hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi barqarorligini saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.
 
 
Biologiya fanlari sohasida faoliyat olib borayotgan olim-mutaxassislar va tadqiqotchilar bundan buyon ham mamlakatimizda yangi zamonaviy biotexnologiya va molekulyar genetika, biokimyo, biofizika, farmakologiya, zoologiya, botanika, ekologiya va boshqa sohalarni jahon talablari asosida rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifati va samaradorligini oshirishda faol ishtirok etadilar.

Manba: O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi huzuridagi Оliy аttеstаtsiya kоmissiyasi

Поделиться