O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ko‘p qirrali o‘zbek-turk hamkorligini rivojlantirishda ustuvor vazifalar belgilab olindi

2021-06-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi vitse – prezidenti F.Oktay bilan uchrashdi.

Konstruktiv muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holatini muhokama qildilar, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
 
Ikki Davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi va hozirgi vaqtda ham pandemiya hamda joriy etilgan karantin cheklovlari oqibatida yuzaga kelgan jahon iqtisodiyotining pasayishiga qaramay, jadal rivojlanayotganligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga, xususan, Strategik hamkorlik Kengashining joriy yildagi 2-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
 
Iqtisodiy sheriklikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, joriy yilning yanvar oyidan may oyiga qadar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83 foizlik o‘sish bilan 1,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha o‘zaro niyatlar ovoza qilindi.
 
Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Mavjud masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvlarga erishish va yaqin kelajakda ikki tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik yanada jadallashadi.
 
O‘zbekistonda iqtisodiyotni va davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohada dolzarb muammolarni hal qilish hamda Turkiya tajribasidan foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida axborot texnologiyalari va innovasiyalar sohalari mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
 
Shuningdek, investisiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy rivojlanish, maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish va boshqa sohalarda Turkiya tajribasini O‘zbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Turkiyaning xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda, texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.
 
Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar va yo‘nalishlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq choralar va navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться