Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166–son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomini idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarori ijrosini to‘liq ta'minlash ishlarini tashkil yetish, uning natijadorligini oshirish maqsadida vazirlik tizimidagi barcha tarkibiy tuzilmalar ishtirokida VKA (ZOOM havolasi orqali) amaliy seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Vazirlar mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaxasissi Bekzod Akramov, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Gulnora Meliboeva, Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Mingboyev so‘zga chiqib qarorning mazmun-mohiyatini yuridik va texnik jihatdan ochib berib, rahbar xodim va mas'ul ijrochilarga ma'lumot berdi.
Qaror yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi apparatining birinchi galdagi vazifalari shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz "texnologik zanjir"ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar va qaror talabi bilan belgilangan har bir tizim tashkilotining ma'sulligidagi vazifalar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi