O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2021-06-24 | Siyosat
2021-yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Germaniya Elchisining ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha faoliyatini yuqori baholadi. Xususan, 2019-yilda davlatlar rahbarlarining o‘zaro tashriflari va 2021-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel o‘rtasidagi onlayn muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishning muhimligi qayd etildi.
Tomonlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligi tasdiqlandi.
G.Overfeld, o‘z navbatida, uning O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida ko‘rsatilgan ko‘mak va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi