O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya sanoat kooperatsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettiradi

2021-06-24 | Iqtisodiyot

Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov bilan uchrashdi.

Muzokaralar kun tartibiga keng ko‘lamli sanoat, investitsiya, savdo-iqtisodiy masalalari kiritildi. Tomonlar turli darajadagi ikki tomonlama munosabatlarning faolligini, shuningdek, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni qayd etdilar. Xususan, Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Innoprom” ko‘rgazmasi yakunida umumiy qiymati 3,2 milliard dollardan ortiq investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan bitimlar va savdo shartnomalari imzolanganligi alohida takidlandi.
 
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyasining bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yuqori baholandi. Erishilgan kelishuvlar va imzolangan idoralararo hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali iqtisodiy sheriklikning rivojlanishiga kuchli turtki berishi takidlandi.
 
Rossiya Federatsiyasiga kutilayotgan oliy darajadagi tashrifning iqtisodiy kun tartibini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar investitsiya bitimlari va savdo shartnomalariga erishish uchun tegishli vazirlik va idoralarning sanoat kooperatsiyasining yangi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarini jadallashtirishga kelishib oldilar. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatiga alohida e'tibor qaratadilar. Ofis tomonidan hozirgi kunda farmasevtika, ishlov berish, mashinasozlik, metallurgiya va kimyo sanoatida yirik loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
 
O‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu borada tomonlar O‘zbekistonda texnik tartibga solish va standartlashtirish tizimini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratdilar. Ushbu sohada hamkorlik qilish uchun rossiyalik ekspertlarni jalb etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Muzokaralar yakunida o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish va qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться