O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-06-23 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Turli darajadagi bo‘lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Rossiya tomonining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi