O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BMT TD o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2021-06-18 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT TD ma'murining yordamchisi hamda Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi uchun mintaqaviy vakolatxonasi direktori Miryana Spolyarich-Egger bilan uchrashdi.

Muzokaralarning kun tartibi bilan BMT TD va O‘zbekiston o‘rtasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, sud-huquq tizimini isloh qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hamkorlik kabi keng ko‘lamli masalalar qamrab olindi.
 
M.Spolyarich-Egger BMT TDning O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘naltirilgan, ekologik jihatdan mas'uliyatli va barqaror rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi. BMTTD, shuningdek, “BRM lokomotivlari” deb nomlangan to‘rtta yo‘nalish, ya'ni boshqaruv, ijtimoiy himoya, “yashil” iqtisodiyot va raqamlashtirish sohalarida iqtisodiy siyosat choralari va investitsiyalarni birlashtirib, Hukumatning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) integratsiyasini ilgari surish borasidagi sa'y – harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyordir.
 
Suhbat chog‘ida ishtirokchilar BMT TD bilan hamkorlikda joriy etilayotgan umumiy qiymati 3,6 mln dollarlik Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini o‘rganib, ushbu yo‘nalishda mavjud masalalarni ko‘rib chiqdilar. “O‘zbekistonda savdoni rag‘batlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirishning hozirgi holati ham ko‘rib chiqildi.
 
Uchrashuv yakunida rejalashtirilgan tashabbus va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.
 
BMT TD O‘zbekiston Hukumati va fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tish davri muammolarini bartaraf etishda yordam berishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiradi. BMT TD iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan bilim, tajriba va resurslarga ega bo‘lishda davlat va nodavlat institutlarga ko‘maklashadi. Hozirgi kunda BMT TD O‘zbekistonda umumiy qiymati 26 mln dollarga yaqin 9 ta loyihani amalga oshirmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться