O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Alohida ehtiyojga ega bolalar uchun Yaponiya tajribasi asosida inklyuziv taʼlim sohasidagi loyiha ishga tushiriladi
2021-06-17 | Siyosat
O‘zbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan "O‘zbekistonda maktabgacha va boshlang‘ich maktab taʼlimida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun o‘qituvchilar salohiyatini mustahkamlash" bo‘yicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
Loyihaning asosiy maqsadi inklyuziv taʼlimni targ‘ib qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlimda o‘qituvchilarning amaliy faoliyati uchun asos sifatida alohida eʼtiborga muhtoj bolalar uchun taʼlim sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga oid masalalarni yoritishdan iborat. Loyiha doirasida maktabgacha va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun maxsus taʼlim sohasidagi mavjud bilim va tajribalardan foydalanib dastur ishlab chiqiladi.
Shuningdek, loyihaning yana bir tarkibiy qismi - Yaponiyada qisqa muddatli o‘quv dasturlaridir. JICA har yili uch yil davomida O‘zbekistondan o‘n ikki nafar, yaʼni Maktabgacha taʼlim vazirligidan o‘n nafar va Xalq taʼlimi vazirligidan ikki nafar mutaxassisni qabul qiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi