O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Guljanoy Naimova Osiyo chempioniga aylandi
2021-06-16 | Sport
Livanda taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqaning birinchi kungi dasturida para-taekvondochilar bahs olib bordi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hamyurtimiz Guljanoy Naimova barcha raqibalarini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, Sanjar Muxtorov o‘z vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston para-taekvondo terma jamoasi bosh murabbiyi Bobur Qo‘ziyev. Asosiy jamoamiz bugundan bahslarga kirishadi.
Manba: O'zA