O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashabbus-2021: Jizzaxda tashabbuskorlar rag‘batlantirildi
2021-06-15 | Jamiyat
Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy ko‘rik-tanlov – “Tashabbus-2021”ning viloyat bosqichi yakunlandi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi, respublika “Hunarmand” uyushmasining viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etgan mazkur tanlovda ishtirok etishga talabgorlar har yilgidek ko‘p bo‘ldi.
Tanlovda ishtirokchilarning arizalari “Tashabbus-2021” yagona elektron platformasi orqali qabul qilindi. Yakunda tadbirkorlardan 549 ta ariza kelib tushdi. Ishtirok etish istagidagi tadbirkorlarning ariza va hujjatlari hakamlar hay’ati tomonidan yangi tahrirdagi nizom talablari asosida o‘rganib chiqildi.
“Tashabbus-2021” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida sanoat sohasida Arnasoy tumanidagi “Arnasoy gold teks” MCHJ, xizmat ko‘rsatish sohasida Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” MCHJ, “Eng yaxshi yosh tadbirkor” yo‘nalishida Yangiobod tumanidagi “Istiqlol bahora tomorqa xizmati” MCHJ, “Yilning eng yaxshi fermeri” yo‘nalishida Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo” fermer xo‘jaligi, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishida Jizzax shahridan yakka tartibdagi tadbirkor Marg‘uba Nurmonova g‘olib, deb topildi.
Tanlov g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Viloyat bosqichi g‘oliblari endi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Manba: O'zA