O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston madaniyat vazirligi vakillari qozog‘istonlik hamkasblari bilan istiqbolli hamkorlik loyihalarini o‘rganmoqda
2021-06-14 | Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonga bordi.
Delegatsiya aʼzolari tashrifning ilk kuni Nursulton shahri Opera va balet teatrida bo‘ldi. Mazkur tashrifdan maqsad o‘zaro ijodiy tajriba almashish, hamkorlik istiqbollarini belgilash, o‘zaro madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlab, sanʼat va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalarni ommalashtirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi