O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligiga start berildi

2021-06-10 | Jamiyat

Oliy Majlis qo‘mitalari va Parlament komissiyasi tomonidan 10-iyundan 20-iyungacha o‘tkaziladigan «Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi»ga start berildi

Oliy Majlis Senatidan maʼlum qilinishicha, haftalik doirasida turkum “davra suhbat”lari o‘tkazilib, ularda O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan har bitta maqsad, yaʼni 16 ta maqsad, shu jumladan, 125 ta vazifa bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, mavjud muammolar muhokama qilinadi.

Haftalik har bitta maqsad va vazifalar bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni tanqidiy ko‘rib chiqish, eng asosiysi, tezkor va istiqbolda hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda muloqot maydoni bo‘ladi.

 Bundan tashqari, 23-24-iyun kunlari dunyo tarixida ilk marotaba Buxoro shahrida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

Milliy, xorijiy parlamentlar, xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar, Yoshlar parlamentlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat muassasalarining 500 dan ortiq vakili ishtirok etadigan ushbu Forum doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Unda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning bevosita Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ishlaydigan ekspertlari ishtirok etadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться