O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muhim hamkorlik
2021-06-10 | Texnologiyalar
Elektron tizimlarni yaratish, fuqarolarga qulay jihatdan moslashtirish borasida hamkor tashkilot va idoralarning ham yordami juda muhim o'rin tutadi. Albatta har bir vazifani o'z sohasining mutaxassislari bajargani kelgusida mukammal tizim yaratilishini ta'minlaydi.
Toshkent shahridagi INHA universiteti va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbarlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yor va tamoyillariga tayangan holda normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib Memorandum imzoladilar.
Kelgusida maqsad va vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta'minlash yo'nalishidagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, xodimlarning bilim va ko'nikmalarini, malakalarini oshirib borish, kadrlarning zamonaviy talablar asosida kasbiy ko'nikmalari va layoqatlarini rivojlantirib borish tizimining muhimligi hisobga olindi.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi