O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolarning davlat ma'lumotlari va axborotlaridan foydalanish yuzasidan huquqlari

2021-06-09 | Jamiyat

Fuqarolarning davlat ma'lumotlari va axborotlaridan foydalanish yuzasidan huquqlari bo‘yicha
 
M A ' L U M O T

Fuqarolarning ma'lumotlar va axborotlar olish huquqlari belgilangan qonun hujjatlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (https://lex.uz/docs/20596);
2. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/1319);
3. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/52268);
4. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/2381133) va boshqa qonun hujjatlari.
 
Dastlab “axborot”  tushunchasiga ta'rif berib o‘tsak. Qonunchilikda belgilanishicha “axborot bu — manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar” (https://lex.uz/docs/52268).
 
Demak, axborot deganda butun dunyoda mavjud bo‘lgan barcha narsalar, xususan shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tushunishimiz mumkin.
 
Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu moddaga muvofiq, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
 
Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi (https://lex.uz/docs/52268). 
 
Axborot olish uchun qanday murojaat qilish kerak?
 
Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega (https://lex.uz/docs/52268). 
 
Davlat organlari fuqarolarning axborot olish huquqini ta'minlashi kerakmi?
 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. 
 
Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta'minlanadi (https://lex.uz/docs/1319). 
 
Axborot olish qachon cheklanishi mumkinmi?
 
Amaldagini qonunchilikka ko‘ra, axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma'naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta'minlash maqsadida cheklanishi mumkin (https://lex.uz/docs/52268).
 
Axborotning ochiqligi va oshkoraligi qanday belgilanadi?
 
Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
1) fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
2) ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish ob'ektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
3) axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma'lumotlar (https://lex.uz/docs/52268). 
 
Axborot berishni noqonuniy rad etganlik uchun qanday choralar ko‘riladi?
 
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma'naviy ziyon kompensasiya qilinishi huquqiga ega (https://lex.uz/docs/52268).

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться