O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxon zamini: "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ijrosi yo‘lida

2021-06-09 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha Angor tumanining “Yuqori Tallimaron” mahallasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Parpiyev Botir Rahmatovich ishtirok etdi. Shuningdek, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot boshliqlari hamda turli soha vakillari qatnashdi. Tadbir avvalida Botir Parpiyev “Obod mahalla” dasturi asosida “Yuqori Tallimaron” mahallasida amalga oshirilayotgan va qilinishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Shundan so‘ng, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, nuroniylar bilan suhbatlashdi. 
 
 
-Mahallamiz ko‘chalari kengaytirilib, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Uylar ta'mirlanib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yurtimizning Yangi O‘zbekistonga aylanib borayotganligini mahallamiz qiyofasining o‘zgarib borayotganligida ham ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz. Biz nuroniylar bundan xursandmiz, doimo mamlakatimizda tinchlik bo‘lsin, taraqqiyot sari ildam qadam tashlashda davom etaveraylik deydi,-mahalla faollaridan biri Chori bobo Yarmatov.  
 
“Yuqori Tallimaron” mahallasida amalga oshirilgan hasharda barcha soha vakillari faol ishtirok etdi. Shu sababli kun davomida 300 metr eski elektr simlari o‘rniga yangisi o‘rnatildi. 150 metr ichki yo‘llarga qum-shag‘al tushaldi, 50 ta xonadonga suyultirilgan gaz balon yetkazib berildi. 300 metrga suv quvuri yotqizildi, 700 metr ko‘cha va ariqlar tozalandi. 40 taga yaqin xonadondagi ovulxona va tandirxonalarda ohaklash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, 14-sonli umumta'lim maktabida hamda mahallaning yangi binosida qurilish ishlari davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться