O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2021-06-09 | Siyosat
2021-yilning 9-10-iyun kunlari O‘zbekistonga Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi