O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzaxda rahbarlarning yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi
2021-06-08 | Yoshlar
Jizzax shahridagi "O‘rda" ekologik bog‘ida 300 dan oshiq yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullaev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliev, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Jayram Partasarti ishtirok etdi. Muloqot jarayonida 20 dan oshiq yoshlarning murojaatlari va takliflari tinglandi, g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar berildi, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolarga yechim berildi. Takliflarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mas'ul shaxslarga topshiriqlar berildi.
Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi