Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni davom etmoqda
MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida MHXS hujjatlari Moliya vazirligining veb saytida e'lon qilib borilmoqda.
Bugunga qadar 40 ta MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi. Mazkur hujjatlar yuzasidan jamoatchilikning ma'noviy, imloviy va grammatik jihatdan o‘rganib chiqilgan o‘rinli taklif va mulohazalari kelib tushmoqda. MHXS hujjatlarining tarjimasi loyihasi yuzasidan berilgan asosli takliflar ularni asl ma'nosida qo‘llash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy haftada MHXS hujjatlarining bevosita foydalanuvchilari va jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) uchun quyidagi MHXS hujjatini davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi:
36-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti Aktivlarning qadrsizlanishi.
Mazkur MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi yuzasidan fikr va mulohazalarni ifrs@mf.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi