O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Senati raisi bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarini muhokama qildi

2021-06-05 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga chiqqanini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Senat raisi Maulen Ashimbayev, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Pandemiya oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish maqsadida hukumatlar, hududlar va tadbirkorlar darajasida faol almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi. Mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, transport, turizm va iqtisodiyotning boshqa sohalarida yirik kooperatsiya loyihalari tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi dasturlar qayta tiklandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari ikki tomonlama hamkorlikning istiqboldagi kun tartibini shakllantirishda faol ishtirok etishi, hududlar ma’muriyatlari va ishbilarmon doiralarni keng jalb qilgan holda yangi tashabbuslar va aniq loyihalarni ilgari surish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться