O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda Ahmad Donish nomidagi tarix, arxeologiya va etnografiya institutida muzokaralar o‘tkazdi

2021-06-03 | Fan

Kecha Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Anvar Nosirov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahriga amaliy safari doirasida Tojikiston Fanlar akademiyasi Ahmad Donish nomidagi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti direktori Ubaydullo Nasrullo Karimzoda bilan uchrashdi

Tomonlar yaqin akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlarda ilmiy-ekspert doiralari vakillarining o‘zaro hamkorligini oshirish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Tojikiston tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasiga oid qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, yosh avlod va jahon hamjamiyatiga ikki xalqning boy tarixiy-madaniy merosini keng yetkazish maqsadida Markaziy Osiyo tarixiga umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, suhbatdoshlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkorlarni jalb qilgan holda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish haqida ham fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida Hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bundan tashqari, mazkur bitimga asoslangan o‘zaro hamkorlikning amaliy mexanizmlarini o‘zida mujassam etgan «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

1951-yilda tashkil etilgan Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Tojikiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Institut tojik xalqining ilk davlatchilik va etnik tarixini o‘rganishga ixtisoslashgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться