O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada 700 million dollarlik quyosh elektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda

2021-06-03 | Iqtisodiyot

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirayotgan Xitoyning “Liaoning Lide” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Kompaniya boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Szinmin, Loyihalar departamenti rahbari Syao Chunxun hamda O‘zbekiston filiali direktori Chjou Junkan bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha tahminiy qiymati 700 million AQSH dollariga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi. Dunyoda an’anaviy energiya resurslari cheklangan bugungi sharoitda va kelajakda ushbu loyihaning Farg‘ona viloyati uchun muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Bir necha oydan beri davom etayotgan muzokaralar yakuniy bosqichga o‘tgani, viloyat hokimligi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun taqdim etilgan yer maydonlari hududida so‘nggi texnik tadqiqotlar o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda ushbu ishlar yakunlanib, loyihaning aniq quvvati hamda qiymati belgilanadi. Energetika vazirligi, viloyat hokimligi hamda “Liaoning Lide” kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat rahbari hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, Fransiyaning “Total Eren” kompaniyalari tomonidan Navoiy va Samarqandda har birining quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurishga kirishilganini aytib, Farg‘onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihada ham kilovatt-soat elektr energiyasi narxi ikki kompaniya tomonidan taklif etilgan tariflar atrofida bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Xitoylik mehmonlar Farg‘ona vodiysidagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi loyihasi uchun bank kreditlari emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish rejalashtirilganini ma’lum qilib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil muddatda sotib olishi uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga eng maqbul tariflarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Manba: O'zA

Поделиться