O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Surxondaryoga jo‘nab ketdi
2021-06-01 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining «driveri»ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti