O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

46 yoshni qarshi olayotgan Oksana Chusovitina hamda Abdulla Azimov Jahon kubogi sovrindori bo‘lishdi

2021-05-31 | Sport

Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beruvchi mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Kelasi oy 46 yoshni qarshi oladigan afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina o‘zining sevimli tayanib sakrash mashqida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamizning yana bir iqtidorli vakillaridan biri Abdulla Azimov esa sport otida bajarilgan mashq yakunida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza medali mavjud. Jahon kubogining mazkur bosqichi bugun yakuniga yetadi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться