O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston bilan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi to'g'risida
2021-05-28 | Siyosat
2021-yil 26-may kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman hukumatlararo Qo‘shma komissiyasi to‘g‘risida Bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida Yerdan haq to‘lash evaziga foydalanish to‘g‘risidagi Bitimga Qo‘shimcha bitim.
O‘zbekiston tomonidan hujjatlarni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tomonidan esa Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov imzoladilar.
Qayd etilganidek, mazkur hujjatlarning imzolanishi transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli asosda, do'stlik ruhida va yaxshi qo'shnichilik ruhida birgalikda foydalanish masalalarida o‘sishga xizmat qiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi