O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyatida raqamli transformatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
2021-05-27 | Texnologiyalar
Qashqadaryo viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlik viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” viloyat inspeksiyasi, Vazirlik tizimidagi viloyat tashkilotlari hamda mobil aloqa operatorlarining viloyatdagi filiallari mas’ul xodimlaridan iborat “Ishchi guruh” tomonidan Qashqadaryo viloyatini “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya qilish dasturi loyihalari ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha viloyatni raqamli transformatsiya qilish dasturida belgilangan umumiy qiymati 25 mlrd. so‘mga teng 120 ta chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Qashqadaryo viloyati miqyosida 51 ta, na’munali hududlar sifatida tanlab olingan Qarshi tumanida 75 tasi (62,5 %) bajarilgan, 7 tasi (5,8%) to‘liq bajarilmagan, 3 tasi (2,5%) moliyalashtirish masalalari yechilmaganligi sababli to‘xtab qolgan va 35 tasi (23,2%) bajarilmoqda.
Shundan, 2021-2022-yillar davomida amalga oshiriladigan 14 ta chora-tadbirlar muddatidan oldin bajarilgan va 7 ta loyihalar bo‘yicha kechikishlar mavjudligi aniqlanib, ularni tezkor bartaraf qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, “Ishchi guruh” tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, hududlarni reytingli baholashda “qizil” ro‘yxatdan joy olgan tumanlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi