06:54:01 (GMT+5)    28.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

«Toshkent — Orol» ralli karvoni Qarshi shahriga yetib keldi

2021-05-27 | Ekologiya

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilgan «Toshkent — Orol» Ralli karvoni yoʻlga chiqqan edi. 

Mazkur avtomobil karvoni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus va Orolboʻyi mintaqasi boʻylab bugun Qarshi shahriga yetib keldi.

Mamlakatimizning koʻzga koʻringan tadbirkorlaridan tashkil topgan»Toshkent — Orol» Ralli karvoni Qarshi shahrida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Jamoat tashkilotlari rahbarlari, aholi bilan uchrashuv va muloqotlar oʻtkazildi.

— Bizni har bir shaharda iliq kutib olishmoqda, — deydi tadbirkor Ravshan Abdigʻaniyev. — Bu albatta, davlatimiz rahbarining Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish tashabbusining BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlanganidan xalqimiz juda mamnun ekanini koʻrsatmoqda. Biz aynan Orolboʻyi mintaqasiga, Moʻynoqqa va boshqa hududlarga bordik, Orol dengizining qurib qolgan hududiga saksovul urugʻini ekib, oʻz hissamizni qoʻshdik. Mamlakatimiz tadbirkorlaridan tashkil etilgan bu karvon tadbirkorlarning davlatimiz bilan hamjihat ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.

«Toshkent — Orol» Ralli karvoni Qarshi shahridan Shahrisabzga yoʻl oldi.

Faxriddin Bozorov

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться