O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat statistika qo’mitasi raisi Yashnobod va Yuqori Chirchiq tumanida aholini ro’yxatga olish tadbiriga ko’rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

2021-04-29 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Joriy yilning 28- aprel kuni mazkur 4 ta tumanda registratorlar uchun o’quv-seminarlari boshlandi. Shu munosabat bilan, Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich aholini ro’yxatga olish tadbiriga ko’rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari hamda olib borilayotgan o’quv-seminarlari bilan tanishish maqsadida, Yashnobod va Yuqori Chirchiq tumanlariga bordi.

Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan qo’mita raisi o’zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, B. Begalov aholini ro'yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbasi bo’lishini ta’kidladi.

Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Sinov tariqasida o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish tadbirlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari va o’quv-seminarlari davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться