O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Inha universiteti talabalari ishtirokida vebinar o‘tkazildi
2021-04-23 | Iqtisodiyot
2021- yilning 23- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa shaklida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bilan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Vebinarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q. Berdiqulov, boshqarma mas’ul xodimlari va INHA universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Vebinarda Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J. Eshniyazov aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, bu bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini o‘zida aks ettirgan taqdimot bilan ishtirok etdi.
Tadbirda, talabalarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi