O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Statistika salohiyati indeksi” mavzusida vebinar tashkil etildi
2021-04-09 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 8- aprel kuni “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi”ning 4-son bayonining 5 – ilovasiga muvofiq tasdiqlangan reja-grafik asosida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishchi guruhi a'zolari, vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari uchun “Statistika salohiyati indeksi” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasining Xalqaro hamkorlik va aloqalar bo‘limi boshlig‘i D. Xamdamov ma'ruza qildi.
Ma'ruzada, Jahon banki tomonidan “Statistika salohiyati indeksi”ni hisoblash uslubiyoti bo‘yicha tushuntirish berildi.
Jumladan, mamlakatlarning statistika salohiyatini o‘rganilishi va baholab borilishi 2004- yildan buyon amalga oshirilishi, mazkur indeksda 3 ta asosiy yo‘nalishda 25 ta indikator asosida 140 dan ziyod mamlakatlarning sohada erishayotgan yutuqlarini va milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlarining natijalari asosida reyting tuzilishi haqida batafsil axborot berildi.
Shundan so‘ng, Jahon bankining 2020- yil yakunlari bo‘yicha reytingi natijalari bilan vebinar ishtirokchilari tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 4 yil davomida amalga oshirilgan ishlar pirovardida, 2020- yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo‘lga kiritib, reytingda 61 o‘rinni egallagani, natijada, reytingda 2016- yil hisobotiga nisbatan 62 pog‘onaga, 2019- yil hisobotiga nisbatan esa 16 pog‘onaga ko‘tarilishiga erishilgangiligi alohida e'tirof etildi.
Shundan so‘ng Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi ishchi guruhi a'zolari va barcha vazirlik va idoralardan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha biriktirilgan mas‘ul vakillari bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir so’nggida bunday uchrashuvlar faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalarni birgalikda hal qilish, hamjihatlikda muammolar yechimini topishga va pirovardida yuksak marralarga erishishga muhim poydevor bo‘lib xizmat qilinishi ta'kidlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi