O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH Statistika qo‘mitasi raisi bilan yakuniy uchrashuv

2021-04-09 | MDH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1 - 25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 8- aprel kuni Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini qay darajada tashkillashtirilayotganligini o‘rganish maqsadida, MDH Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.J. Ziyadullayev hamda Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimlari Yashnobod tumaniga tashrif buyurdi.

MDH Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin tashrifining so‘nggi kunida Davlat statistika qo‘mitasida, V.L. Sokolin hamda qo‘mita raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev bilan yakuniy uchrashuv tashkil etildi. Unda savolnomalarni to‘ldirish va qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda savollar ro‘yxatini qisqartirish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Uchrashuvda, Aholini ro‘yxatga olish MDH mintaqasi uchun tarixiy ahamiyati quyidagi muhim jihatlar bilan belgilanishi ta'kidlandi:

­­­­­­­ – so‘nggi 30 yil ichida birinchi marta MDHga a'zo barcha mamlakatlarda aholi ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi;

– birinchi bor ro‘yxatga olish dasturlariga kiritish uchun ko‘rsatkichlar ro‘yxati, savollarning tarifi va ularni to‘ldirish uchun uslubiy ko‘rsatmalar MDH davlatlarining statistika idoralari bilan kelishildi;

– bu MDH mintaqasida aholining faol harakatlari uchun muhim bo‘lgan migratsiya hajmi va oqimi to‘g‘risida taqqoslama ma‘lumotlarni olish va hamdo‘stlik mamlakatlari aholisining umumiy ishchi kuchini baholash imkoniyatini beradi;

– aholidan ma'lumot olishning texnik usullari kengayib, turli xil ro‘yxatga olish usullari birlashtirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ma'lumotlarni to‘plashning raqamli usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, elektron xaritalar, elektron anketalar, Internet, shuningdek, ma'muriy ma'lumotlar manbalaridan foydalaniladi.

Uchrashuv yakunida V.L. Sokolinga qo‘mita rahbariyati tomonidan tashrif uchun minnatdorchilik bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться