O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Statistika qo‘mitasi raisi Yuqori Chirchiq tumaniga tashrif buyurdi
2021-04-08 | MDH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1 - 25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 7- aprel kuni Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini qay darajada tashkillashtirilganligini o‘rganish maqsadida, MDH Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.J. Ziyadullayev hamda Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimlari Yuqori Chirchiq tumaniga tashrif buyurdi.
O‘rganishlar davomida V.L. Sokolin tumanning "Qorasuv", "Guliston" MFY hududlarida aholini ro‘yhatga olish jarayonlari bilan tanishdi.
V.L. Sokolin xorijiy davlatlarning statistika sohasidagi tajribalari, xususan, aholini ro‘yxatga olish tadbiri va COVID-19 pandemiyasi sharoitda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasi haqida so‘zlab berdi hamda bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.
Tashrif yakunida mas‘ullarga V.L. Sokolin tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi