O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gender tenglikni ta'minlash masalalari yuzasidan videokonferensiya o‘tkazildi
2020-11-26 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasida 2020- yil 25- noyabr – 10-dekabr kunlari “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasini o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 26- noyabr kuni mazkur aksiyaning ochilish marosimi “Dunyoning to‘q sariq rang tusi: jamg‘arish, javob berish, oldini olish, jamlash!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Onlayn videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi Raisi Tanzila Norboyeva, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, gender tenglik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar hamda yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Videokonferensiyada ishtirokchilar dunyoda gender tenglik masalasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi muammo va kamchiliklar, ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi gender tenglikni ta’minlash maqsadida bajarilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohaza yuritishdi.
10- dekabrgacha davom etadigan tadbirlarda ekspertlar gender tenglik masalalarida mavjud muammolarni o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi