O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangiyerda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2021-05-24 | Yoshlar
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi I.Xo‘jayevning 1-sektor hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvi noodatiy tarzda – ochiq osmon ostida, karantin qoidalariga to‘la rioya qilgan holda tashkil etildi.
Tadbirda shahardagi Temur Malik va Bobur nomli mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan band bo‘lmagan, o‘z muammolariga yechim topa olmay qiynalib kelayotgan yoshlar ishtirok etdi. .
Shahar yoshlari asosan, ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, oilaviy biznes, o‘z tadbirkorligini boshlash jarayonida bank kredit mablag‘lari rasmiylashtirilishida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud tadbirkorligini kengaytirishdagi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy to‘siqlar va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bayon etdi.
Yangiyer shahar hokimi yoshlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning 60 foizini joyida ijobiy hal etgan bo‘lsa, murojaatchilarning 15 foiziga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
Qolgan o‘rganishga vaqt va mablag‘ talab etgan masalalar xususida esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berib, ushbu murojaatlar ijrosini shahar hokimi shaxsan o‘z nazoratiga olishini alohida ta’kidladi.
Manba: O'zA