O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston delegatsiyasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi

2021-05-21 | Madaniyat

Joriy yil 21-may kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida diniy soha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo‘yicha rahbari Muhammad Muhsin Donesh, Balx viloyati haj va vaqf boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Doneshju Muhammad Bunyod, Afg‘oniston shimoliy hududlari shia mazhabi ulamolar kengashi raisi Said Muhammad Said Muhsin Husayniy, Afg‘oniston ulamolar kengashi a'zosi Abdulvahhob Abdulbosit Payg‘omiy, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari O‘tkirbek Hasanboyev Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukurullo Umarov, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etishmoqda.
 
Dastavval, martabali mehmonlar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o‘rta-maxsus ta'lim muassasasi faoliyati, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
 
Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad ajdodlarimizning ma'naviy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, islom dini ravnaqi hamda Islom sivilizasiyasi rivojiga benazir hissa qo‘shgan Muhammad Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, Varroq Termiziy va boshqa termiziylarning olamshumul ahamiyatga molik diniy-ma'naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan bugungi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish hamda ularning navbatdagi bosqichida dolzarblik kasb etayotgan vazifalarni belgilab olishdan iborat.
 
Ayni damda markazning kichik majlislar zalida uchrashuv davom etmoqda.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться