O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bilan muhokama etildi
2021-05-21 | Siyosat
2021-yil 20-may kuni Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
2021-yil 20-may kuni Qashqadaryo hokimligida O‘zkomnazorat boshlig‘ining o‘rinbosari D.Rustamov Qashqadaryo viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari N.Erkayev bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori va “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning «qizil» va «sariq» ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosi bo‘yicha bajarilgan va bajarilishi belgilangan vazifalarni o‘zora muhokama qildilar. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, tumanlarning reyting ko‘satkichlarini ko‘tarish, farmon va qarorlarning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish masalalari bo‘yicha fikr almashilib, Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishi to‘g‘risida masalalarni birgalikda amalga kiritilishi kelishib olindi.