O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi muhokama qilindi
2021-05-21 | Siyosat
2021-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
2021-yil 20-may kuni Piskent tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlikning hududiy boshqarmasi, O‘zkomnazoratning Toshkent viloyati hududiy inspeksiya ishchi guruhi hamda Piskent tumani hokimi va tumandagi mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasining 2021-yil 17-apreldagi 2-son yig‘ilish bayoni ijrosi o‘rganildi va tumanning raqamli rivojlanish darajasini oshirish muhokama qilindi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir Farmon va Qarorlari ijrosini jadallashtirish, ularning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish, Piskent tumanini keyingi baholash natijalariga ko‘ra ijobiy natijalarga erishish maqsadida mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.