O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol tumanlari Kengashining navbatdagi sessiyasida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ijrosi muhokama qilindi
2021-05-20 | Siyosat
2021-yil 18-may kuni Xalq deputatlari Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol tumanlari Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
Joriy yilning 19-may kuni Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlari hokimliklarida Xalq deputatlari Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlari Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6079-son Farmonida belgilangan vazifalar loyihalar ijro holati hamda tumanlarning raqamli rivojlanish darajasini reytingli baholash ko‘rsatkichlarni ko‘tarish O‘zkomnazoratning Jizzax viloyati hududiy inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari va Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlari xalq deputatlari kengashi a'zolari hamda mas'ul idoralarining xodimlari o‘rtasida muhokama qilindi. Sessiyalarda Farmon ijrosi yuzasidan hamda tumanlarni reyting baholash ko‘rsatkichlarini oshirishga erishish bo‘yicha Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlar hokimligi va mas'ul idoralarining asosiy vazifalari belgilab olindi.