O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona, Quva, Toshloq va Qo‘shtepa tumanlarida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan loyihalar ijrosi tahlil qilindi
2021-05-20 | Siyosat
2021-yil 18-may kuni Farg‘ona viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosi o‘zaro muhokama qilib olindi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasining 2021-yil 17-apreldagi 2-son yig‘ilish bayoni hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosi doirasida loyihalarni o‘z vaqtida va keng ko‘lamda amalga oshirilishi holati hamda hudud va tarmoqlarni raqamli rivojlantirish darajasini baholash natijalariga ko‘ra raqamlashtirish darajasi “qizil” ro‘yxatga kirgan Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Quva, Toshloq va Qo‘shtepa tumanlarida joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zkomnazorat Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasi hamda tuman hokimliklarining mas’ul o‘rinbosarlari ishtirokida muhokama etildi. Uchrashuv davomida mazkur tumanlarni keyingi baholash natijalariga ko‘ra ijobiy natijalarga erishish maqsadida mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi